Festival
Toshkentda "Tashkent Flowers Fest 2026" boʻlib oʻtadi
29-aprel 2026EditorialFestival

Mehmonlarni gullar ko‘rgazmasi, shuningdek, san’atkorlar ishtirokidagi konsert dasturi va ijodiy jamoalarning chiqishlari kutmoqda. Bundan tashqari, tashrif buyuruvchilar uchun interaktiv o‘yinlar va turli ko‘ngilochar shoular ham rejalashtirilgan.
Festival guldorchilik, landshaft dizayni va ko‘kalamzorlashtirish madaniyatini targ‘ib qilish, ekologik tarbiya, tabiatga ehtiyotkor munosabat va “yashil” shahar muhitini rivojlantirishga xizmat qiladi, deya qayd etmoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.
Ma’lumotga koʻra, festival hududida 2 million dona gul va 18 mingta butadan iborat kompozitsiyalar yaratilgan. Birinchi kunning o‘zida festivalga qariyb 30 ming kishi tashrif buyurgan.
Mehmonlarni konsert dasturlari va gullar ko‘rgazmalari kutmoqda. Tadbir 9-mayga qadar davom etadi.

